“Tongi saflanish” o’tkazildi

O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, huquqiy, siyosiy madaniyatini va huquqiy ongini oshirish, ularda vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirish hamda texnikum ichki-tartib va odob- ahloq qoidalariga rioya etishini nazorat qilish va rivojlantirish maqsadida xaftaning har dushanba kuni “Tongi saflanish” tadbirlarlari texnikumda doimiy ravishda tashkil etilib kelinmoqda.

🔹 Joriy yilning 17-oktabr kuni “Sud-huquqiy faoliyat” yonalishi 24-22 guruh o‘quvchilari tomonidan navbatdagi “Tongi saflanish” tadbiri tashkillandi.

🔹Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan maxsus tayinlaygan chiqishlar, siyosiy-ijtimoiy hamda sport yangiliklari va intellektual o‘yinlar havola etildi.

🔹 Shuningdek, 21-oktabr «Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi»nning 33 yilligi munosabati bilan «Til bor ekan, millat barhayot» shiori ostida oʻtkazilayotgan haftalik doirasidagi 18-oktabr kuni o’quvchi-yoshlar o‘rtasida o’tkazilgan ”Til-inson ma’naviyatining ko‘zgusi,” mavzusida insholar tanlovida faxrliy o’rinlarni egallangan o‘quvchilarga faxriy yorliqlar topshirildi.

🔹 Shuningdek,Toshkent davlat yuridik universiteti Axborot-resurs markazi tomonidan yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish va ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida “Men tavsiya qilaman-2022!” shiori ostida o’tkazilgan kitob chellenjida faol ishtirok yetib faxrliy birinchi o’rinni egallagan ikkinchi bosqich “Yuridik xizmat” yo’nalishi 13-21 guruh o’quvchisi Azimova Odinabonu Baxromjon qizi fahriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

🔹 Bunadan tashqari texnikumning birinchi va ikkinrchi bosqich o’quvchi-qizlari o’rtasida o’tkazilgan “Voleybol” sport turi bo’yicha o’tkazilgan musobaqalarda faol ishtirok etib faxrliy o’rinlarni egallagan qizlar ham faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: