Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o’rtasida o’tkazilayotgan «Idrok» intellektual o’yinlarining respublika bosqichi bo’lib o’tdi.
Mazkur intellektual o’yin texnikum yoshlarining intellektual salohiyatini oshirish, ularga o’z bilimini va iqtidorini namoyon etishga imkoniyatlar yaratish, shuningdek yigit-qizlar orasida o’z kasbini sevish, ilm-fanga ishtiyoq va yurt kelajagiga daxldorlik tuyg’ularini yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan intellektual o’yinning texnikum bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritgan jamoalar bugun Respublika bosqichida o’z bilimlarini sinovdan o’tkazdilar.
Bizning texnikum jamoasi «IDROK» intellektual o‘yinining Respublika bosqichida munosib ishtirok etib, faxrli
1-o’rinni egalladilar.
Barchani ushbu g’alaba bilan muborakbod etamiz!








Telegram | Facebook | Instagram | Youtube