O’quv qo’llanmalar chop etildi

🔹R.Xashimov tomonidan tayyorlangan «Fuqarolik huquqida shartnomalar mavzusini o‘qitishning nazariy va amaliy jihatlari» nomli o’quv qo’llanma yuridik texnikum o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, mazkur o‘quv qo‘llanma o‘quvchilarning huquqiy bilimlarini oshirishga, fuqarolik huquqi modulini puhta o‘zlashtirishga qaratilgan.

🔹N.Qurbonova tomonidan tayyorlangan «Davlat tilida ish yuritish qoidalari» nomli o’quv qo’llanma yuridik texnikum o‘quvchilarining nutqiy savodxonligini oshirishga, yozma nutqini rasmiy-idoraviy uslub me’yorlari asosida to‘g‘ri shakllantirishga mo‘ljallangan.

🔹F.Asanov tomonidan tayyorlangan «Kiberjinoyatchilikka qarshi keberhavfsizlik» nomli o’quv qo’llanmasi chop etildi. Mazkur o‘quv qo‘llanmada kiberxavfsizlik va uning asosiy tushunchalari, axborot xavfsizligi, kiberhavfsizlik bo‘yicha muammolar, kiberjinoyatchilik haqida batafsil yoritib berilgan.

Ulashing: