Joriy yilning 27-aprel kuni texnikumning “Umumtaʼlim fanlar” kafedrasi yuristlar uchun rus tili fani oʻqituvchisi M.Abdullayeva tomonidan “Davlat huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 20-22 va “Sud- huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 24-22 guruhlarida sog’lom raqobat muhitida o’zaro bellashuv tarzida «Из истории юриспруденции. Выражение временных отношений» mavzusida ochiq dars mashg’uloti o‘tkazildi.
Mashg’ulot kun yangiliklari. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o’zgartirishlar haqidagi savollar bilan boshlanib, “Miranda qoidasi” haqidagi ma’lumotlar slaydlar orqali namoyish qilindi. Shuningdek, ochiq dars davomida interfaol usullarlardan foydalanildi.
Jumladan: «Aqliy hujum», «Fikringni jamla va top», «Sinkveyn” kabi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanildi.











Telegram | Facebook | Instagram | Youtube