“KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH OLIB BORISHDAGI CHET EL DAVLATLARI TAJRIBASI” mavzusidagi maqola chop etildi.

♻️ Prezidentimiz tomonidan yoshlarimizga yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda texnikumning 1-bosqich «Sud-huquqiy faoliyat» yoʻnalishi, 24-22 guruh oʻquvchisi Shavkatova Shahzodabonu Shavkat qizi oʻzining iqtidori, serqirra faoliyati bilan turli sohalarda oʻtkazilgan konfirensiyalarda koʻplab yutuqlarni qoʻlga kiritmoqda.

🔹 Jumladan,Turkiya, Istambul «THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH» xalqaro elektron-onlayn konferensiyalar jurnalining 24-may 14-sonida “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH OLIB BORISHDAGI CHET EL DAVLATLARI TAJRIBASI” mavzusidagi maqolasi chop etildi.


KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH OLIB BORISHDAGI CHET EL DAVLATLARI TAJRIBASI

Annotatsiya: Ushbu maqolada chet el davlatlarining korrupsiyaga qarshi kurashish tajribasini o‘rganish, ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida, ular qanday prinsiplarga tayangan holda ish olib borishi haqida, Daniya,Singapur,Finlandiya, Xitoy kabi davlatlardagi korrupsiyaga qarshi kurshish bo‘yicha har xil natijali tajribalari haqida so‘z olib boriladi

Kalit so‘zlar: Korrupsiya, chet el tajribalari, prinsiplar, jinoiy javobgarlik, Transparency International, korrupsiyaga qarshi kurash, korrupsiya jinoyatining oldini olish.

Korrupsiya – bu davlatning rivojlanishiga nojo’ya tasir etadigan xavfli illat. Dunyoda korrupsiyaning turi da, unga beriladigan tariflar juda ko’p. Yer yuzida har bitta mamlakat o’zlar imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o’ziga xos usullar bilan korrupsiyaga qarshi kurash olib bormoqda. Korrupsiyaga qarshi kurash olib borishning barcha mamlakatlar uchun xos bo’lgan mushtarak usullar yo’q.

Har bitta mamlakat korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha o’zlarining tajribasiga ega. Davlatning korrupsiyaga qarshi olib borgan kurashish ishlari natijalariga qarab ijobiy yoki salbiy degan fikrga kelsak bo’ladi. Xorijiy davlati tajribasini o’rganish, tahlillash korrupsiyaga qarshi kurash olib borish faoliyatini jadallashtirish, samarodorligi orttirish katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi maqsadli siyosatning olib borilishi sababdan korrupsiyaning belgilari sezilarli darajada kamayishiga sabab bo’ldi. Korrupsiyaga qarshi kurashishning xorijiy tajribasi davlatlarda korrupsiya darajisini eng kam miqdorga qisqartirish mumkin ekanligini namoyish etdi.

Korrupsiya ko’plab xorijiy davlatlarda hayotning barcha sohalariga salbiy ta’sir etadi va uning xalqaro xarakterdagi jinoyat ekanligi tan olinadi.Dunyo bo‘ylab butun jamiyatlar korrupsiyaga qarshi kurashish, uni oldini olish va butunlay yo‘q qilish uchun harakat qilishmoqda. Yevropa Ittifoqida korrupsiya uchun faqatgina jinoiy javobgarlik emas, fuqarolik-huquqiy yo’sinda ham javobgarlikka tortilishi mumkinligini nazarda tutiladi. Qonunda korrupsiya sababdan jabr ko’rgan shaxs ko’rgan ziyonini qoplash uchun fuqaroviy da’vo qo’zg’atishi mumkin. 2019-yil «Transparency International» ning bergan hisobi bo’yicha korrupsiya quyidagi davlatlarda deyarli yo’q: Daniya va Yangi Zelandiya, Finlyandiya, Singapur, Shvetsiya va Shvetsariya.

Daniyada korrupsiyaning xalqaro darajada yo’q bo’lishi fuqarolarining a’lo darajada ongi va mas’ulyatliligi bilan aloqador, o’sha sababli daniyaliklar korrupsiya muammosi bilan boshqa yevropa davlatlariga solishtirganda 8 marta kam duchlashadi Daniyada korrupsiya saviyasi pastligining asosiy sabablarining biri, korrupsiyani faqatgina davlat amaldorlari emas, balki xalq orasida qoralash odatga aylangan. Mamlakatlik odob-axloq kodeksi, amaldorlarning nomus kodeksi, hukumat darajasida oshkoralik va shaffoflik hukm suradi. O’sha sababli, kimdur korrupsiyada shakkoklik etilgan holatda, kasblik martabasi bilan xayrlashuvi mumkin.

Daniyaliklar orasida poraxo’rlik darajasining quyi bo’lishiga vaqti-vaqti bilan korrupsiya haqidagi qonunning talabchanligini oshirib borilishi ham ta’sir ko’rsatadi. Keyingi yillari davlat organlardagi korrupsiya uchun uch yildan olti yilgá qadar, ozodlikdan cheklatilsa, bir yildan to’rt yilga qadar ozodlikdan mahrum qilish jazosining miqdori ko’paydi.

Daniyadagi korrupsiyaning oldin olishning eng samarodor chorasi 2002-yil qabul qilingan Daniyaning korrupsiya haqidagi qonuni hisoblanadi. Qonunga ko’ra, Daniya hukumati vakillari har yili o’zlar mulki va shaxsiy daromadlari haqidagi ma’lumotlarni yozma xabar etishi taqozo etiladi. Bundan tashqari, mansabdor shaxslar xizmat lavozimidan shaxsiy maqsadlarda foydalanishiga yo’l qo’ymaslik uchun ular o’zlarining aksiyalarini xorijiy korxonalariga sotishi zarur. Daniyadagi korrupsiyaga qarshi kurashishdagi eng katta ko’mak beruvchi omil bu ommaviy axborot vositalari demakdir.

Korrupsiyaga zid ijobiy tajribasi bilan xalqaro ko’lamda tán olingan yana bitta mamlakat Singapur bo’lib, u hozirda dunyodagi eng kam korrupsiyalashgan davlatlardan biri hisoblanadi. Singapurda korrupsiyaga zid kampaniyaning samarodor joriy etilishine 70yillarda Singapur premer-vaziri Li Kuan Yu tamal soladi, uning orqasida mamlakat uchunchi dunyodan birinchiga ko’tarila oldi. 1999-yili noyabrda u o’ziga ishonch bilan << Halol, dog’ tiymegen, samarodor hukumat ustunlik etuvchi partiyaning va Singapurding boshli baholigi bo’lib qoladi>>

Singapurdagi korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy yo’nalishi korrupsion jinoiy ishlarni tergov qilishning avtonomiyalik Byurosı bo’lib, u 1970-yildan e’tiboran, bosh vazirning qabulxonasiga itoat qiladi. Fuqarolarga byuroga davlat xizmatchilaridan shikoyat, murojaat etish va ziyonni qoplash imkoniyati berildi.

Singapurning korrupsiyaga zid strategiyasi «korrupsiyaning oldin olish dalolatnomasi» asoslangan bo’lib, shaxsnıng korrupsion harakatlarni qilmaslik uchun va unga sabab bo‘lish sharoitlarini qisqartirish yoki butunlay yo‘q qilish » shu jumladan, printsipiallik va izmaizlik.

Singapur dunyo yuzi bo’yicha bugungi kunda korrupsiyaning yo’qligi, iqtisodiy xolilik va rivojlanganligi bo’yicha yetakchi o’rinda turadi.

Shvetsiyanıng korrupsiyaga qarshi kurashish tajribasiga e’tibor beradigan bo’lsak, XIX asr o’rtalariga qadar bu mamlakatda korrupsiya g’oyat rivojlangan edi. Mamlakatni modernizatsiya qilishning natijalarining biri merkantilizmni yoʻq qilishga yoʻnaltirilgan harakatlarda jamlanmasi boʻldi. Shvetsiya parlament va hukumati rahbarlari uchun yuqori odab-ahloq standartlari oʻrnatildi va unga amal qilishni boshladi. Dastlabki bir necha yildan soʻng, halollik ijtimoiy normaga aylandi. Avval yuqori mansabdor shaxslarning maoshlari xodimlar daromadinan 12-15 marotaba oshib ketdi, lekin vaqt oʻtishi bilan bu farq 2 marotabaga kamaydi.Bugungi kunda Shvetsiya hali hanuz dunyoda korrupsiya boyicha eng quyi darajadagi mamlakatlar qatoriga kiradi.

Xalqaro darajada Xitoyning korrupsiyaga qarshi kurashish tajriba usulini o’rganish júda qiziqarli.

Xitoyda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati korrupsiya jinoyatlarida aybli deb topilgan shaxslarga qarata juda talabchan jınoiy jazo qo’llanilganligi bilan taniqli. Xitoyda korrupsiyaga qarshi kurashishning samaradorligi mansabdor shaxslarning faoliyatini baholashning yo’lga qo’yilganligi hisoblanadi. U mansabdor shaxs boshqaruvchi yoki nazorat yoki nazorat qilish olib borarlik hududnıng yoki soha rivojlanish ko’rsatkichlari bilan belgilanadi. Xitoy davlat organlarda nimadir tanish-bilishlari, aloqalari bor bo’lganligi uchun emas, halol bozor raqobat mavjudliklari yutuqlarga erishganligi haqida ma’lumotlarni tarqatish atroflicha qo’llab quvvatlandi.

Xitoyda barcha davlat hokimiyati va boshqarish organlarida barqaror ro’yobga oshiriladigan kadrlar rotatsiyasi korrupsiyaga qarshi kurashishda ijobiy uslub hisoblanadi. Kadrlar rotatsiyasi amaldorlarning shakillangan xizmat, qarindosh-urugʻ do’st-yor va boshqacha aloqalaridan foydalanishni kamaytirdi.

Korrupsiyaga qarshi amallar Finlyandiya davlati Konstitutsiyasida belgilangan:

barcha davlat hokimiyatilarda qonun ustuvorligin ta’minlashlik; davlat xizmatchilarni kasbiy iste’dodligi, tekshirilgan fuqarolik odobliligi

asosida lavozimga belgilash. ―Davlat organlari xodimlari (lavozimli shaxslar) haqida‖gi mustahkamlangan ko‘rsatgichlarga muvofiq, mansabdor shaxslarga ular ta’sir etishligi mumkin bo’lgan manfaatdor shaxslar hisobidan mukofotlar yoki kongil ochar xizmatlardan foydalanishni man etiladi.

Finlyandiyada korrupsiyaga qarshi kurashish haqida maxsus qonun yo’q, korrupsiyaga qarshi kurashish maxsus organ ham tashkillashtirilmagan. Korrupsiyaga umumiy jinoyatchilikning bitta bo’lagi sifatida kurash olib boriladi. Finlyandiya Konstitutsiyasi, Jinoyat kodeksi, Fuqarolik xizmati haqida qonun, ma’muriylik boshqarishga tegishli ko’rsatishlar va boshqada qonun osti hujjatlari korrupsiyaning oldin olishga qaratilga hujjatlar hisoblanadi. Bularni orasida eng muhimi odob –axloq qoidalari hisoblanadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi yaxshi xotimaga erishgan Daniya, Singapur, Xitoy, Finlyandiya, Shvetsiya va boshqa xorijiy mamlakatlarni tajribalarini o’rganish biz uchun muhim. Albatta, O’zbekiston Respublikasining rivojlanish tarixini, mentalitetini hisobga olib yuqoridagi davlatlarning ijobiy tajribasini joriy etish zarur.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: