Farg’ona viloyati yuridik texnikumida Akademik Xadicha Sulaymonova tavalludining 110 yilligi» munosabati bilan «Xadicha Sulaymonova kabi yurist bo’laman» va «Xadicha Sulaymonova kabi akademik bo’laman» mavzularida uch avlod uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda viloyat adliya boshqarmasi faxriylar kengashi raisi R.Qirg’izov, adliya faxriysi O’.Yuldasheva, «Legal-AID» advokatlik hay’ati raisi F.Valiyeva, Xadicha Sulaymonova nomidagi syd ekspertizasi viloyat bo’limi ekspertlari L.Yo’ldashev, A.Axmedov, D.Sattorova, bo’lim laboranti F.Sotvoldiyeva, TDYU «Ma’muriy va moliya huquqi» kafedrasi o’qituvchisi X.Soyipovlar hamda texnikum pedagog-xodimlari va 2-bosqich o’quvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ustozlar tomonidan akademik Xadicha Sulaymonovaning ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi, ibratli hayot yo’li, ilmiy-madaniy merosi haqida fikr va mulohazalar yuritildi.
























Telegram | Facebook | Instagram | Youtube