Joriy yilning 18-iyul kuni 2022-2023 oʻquv yili yakuni hamda ikkinchi bosqich oʻquvchilariga bagʻishlangan “Oq yoʻl sizga, bitiruvchilar!” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Fargʻona adliya boshqarmasi, Fan va innovatsiyalar vazirligi Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi, Majburiy ijro byurosi Farg’ona viloyati boshqarmasi hamda huquqni muhofaza etuvchi organlar vakillari shuningdek bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etdilar.
Tadbirda Adliya boshqarmasi boshligi o’rinbosari O.Fayzullayev va Fan va innovatsiyalar vazirligi Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig’i Z.Yunusov so’z olib, bitiruvchilar va ularning ota-onalariga samimiy tilaklar bildirdilar.
Tashrif buyurgan mehmoblar tomonidan bitiruvchilarga, ularning ota-onalarga tashakkurnoma va maqtov yoriqlari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir badiiy chiqishlar hamda kuy- qoʻshiqlar bilan koʻtarinki ruxda oʻtdi.
















































Telegram | Facebook | Instagram | Youtube