⚖️ Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda o‘quvchilarni nazariy bilimlarining amaliyot bilan uygunligini taminlash maqsadida joriy yilning 20-sentabr kuni texnikumning “Yuridik klinika” rahbari D.Qayumova boshchiligida 2-bosqich “Sud-huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 24-22 guruhi o‘quvchilari Farg‘ona viloyati ma’muriy sudiga tashrif buyurdilar hamda “Ma’muriy sud faoliyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔹 Uchrashuvda Farg‘ona tumanlararo ma’muriy sudining raisi S.Qurbanov so‘z olib, O’zbekiston Respublikasining sud tizimidagi oxirgi islohatlar va yangi taxrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30-31 moddalari haqida o‘quvchi-yoshlarga tushunchalar berib o‘tdi.

🔹 Qolaversa, sudya U.Omonov, sudya yordamchisi D.Maxsudova hamda Farg‘ona viloyati ma’muriy sudining bosh mutaxassislari M.Axmedov va R.Shukurovlar birga qonunchilik tizimiga o’zgartirishlar kiritilayotganligi, sud tizimida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish zamirida inson manfaati nazarda tutilayotganligi haqida batafsil ma’lumotlar berildilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: