Barchamizga maʼlumki, onalarni eʼzozlash el-yurtimiz uchun azal-azaldan ezgu qadriyat boʻlib kelgan. Biz mehr-muhabbat va odamiylikning ilk saboqlarini aziz onalarimizdan, ularning beshigimiz uzra parvona boʻlib aytgan alla ohanglaridan olamiz. Darxaqiqat, biz hayotimiz mazmuni boʻlgan sevgi va sadoqat , mehr-muhabbat, nazokat va latofat kabi eng nozik, sirli tuygʻularni beqiyos moʻjizasi boʻlmish ayol zotisiz aslo tasavvur eta olmaymiz. Onalarga qancha eʼtibor, gʻamxoʻrlik qilsak, quvontirishga urunsak baribir ozdir.
Bahorning ilk kuni Fargʻona viloyati yuridik texnikumida 1-bosqich oʻquvchilarining onalari uchun “Onalarga ehtirom” deb nomlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Oʻquvchilar onalarini bahorning ilk kuni bilan tabriklab kutib oldilar va onalariga bagʻishlangan bayram dasturini namoyish etdilar.















































Telegram | Facebook | Instagram | Youtube