
Fuqarolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudining sudyalari – iI.Qo’ziboyev hamda K.Ismoilovlar texnikum o’quvchilari bilan «O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-son O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi farmoni mazmun-mohiyati» mavzusida davra suhbati o’tkazdilar.
Davra suhbatida ma’ruzachilar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining huquqlari, vazifalari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha Respublika idoralararo komissiyasi hamda BMTning korrupsiyaga qarshi kurashish Konvensiyasi haqida tushunchalar berildi.






Telegram | Facebook | Instagram | Youtube