«Ziyo ulash» aksiyasi doirasida Quvasoy shahrida “Yoshlar kutubxonasi” ish boshladi.

Yoshlarni kitob va mutolaaga qiziqishlarini yanada orttirish maqsadida Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Quvasoy shahrining “Mirzo Ulug’bek” MFYda “Yoshlar kutubxonasi” oʻz faoliyatini boshladi. Ziyo maskani adliya boshqarmasi va yuridik texnikum tomonidan turli adabiyotlarbilan to’ldirildi.
Kutubxona ochilish marosimida Quvasoy shahri faollari, mahalla fuqarolari yigʻini vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi.
“Yoshlar kutubxonasi”ning tashkil etilishi natijasida mahalla yoshlari ziyo maskanidan foydalanish va bilim koʻnikmalarini oshirish imkoniyati paydo boʻldi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: