Fargʻona viloyati yuridik texnikumining 2023/2024 oʻquv yiliga rejalashtirilgan uslubiy seminarlar jadvaliga asosan joriy yilning 29-mart kunida texnikumda seminar–trening o’tkazildi.
Mazkur seminar “Fargʻona viloyati yuridik texnikum o‘quvchilarini oraliq va yakuniy nazorat ishlarini tekshish tartibi (3351 talabi doirasida)” mavzusiga bagʻishlangan boʻlib, seminar mashgʻulotni texnikum o‘quv metodik bo‘limi uslubchisi M.Abdurahimova tomonidan oʻtkazildi.
Seminar-trening davomida ishtirokchilarga M.Abdurahimova O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida ta’limning kredit-modul tizimida o‘quvchilar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari to‘g‘risidagi nizom bilan takroran tanishtirib chiqdi.
Mashg’ulot mobaynida ishtirokchilar kichik guruhlarda ishlash orqali rivojlantiruvchi metodlarni qo’llash bo’yicha amaliy ko’nikmalarga ega bo’ldilar.





















Telegram | Facebook | Instagram | Youtube