Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda ularning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturining 5-bandiga asosan joriy yilning 20-iyun kuni Farg‘ona davlat universiteti yurisprudensiya mutaxassisligidagi talabalari va Farg‘ona viloyati yuridik texnikum o’quvchilarining Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasiga tashrifi tashkil etildi.
Tashrif davomida yoshlarga adliya organlarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, shu jumladan qonunchilik hujjatlari tayyorlash, huquqiy ekspertiza faoliyati, inson huquqlarini himoya qilish, yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish va huquqiy targ‘ibot yo‘nalishidagi funksiyalar haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, yoshlar fuqarolar qabuli uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdilar va adliya boshqarmasi boʻylab ekskursiya davomida adliya organlari faoliyati haqida batafsil ma’lumotga ega boʻlishdi.












Telegram | Facebook | Instagram | Youtube