“Senator, yoshlar parlamenti va yoshlar uchrashuvi” o’tkazildi.

Joriy yilning 25-iyun kuni Farg’ona viloyat davlat universitetida “Senator, yoshlar parlamenti va yoshlar uchrashuvi” o’tkazildi.

Uchrashuvda qonun ijodkorligi jarayoni, nazorat-tahlil tadbirlari, xalqaro uchrashuvlar xususida so‘z yuritilib, jamiyatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, mamlakatimizda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, yoshlarga doir qonunlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Mazkur tadbirda Farg’ona viloyat yuridik texnikum o’quvchi yoshlari ham faol ishtirok etishdi.

Uchrashuv so’ngida yoshlar o’zlarining taklif va muammolarini bildirdishdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: