Yuqori ball to‘plagan abituriyentlarga qo‘shimcha imtiyozlar

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab yuridik texnikumlarga xujjatlarni qabul qilish Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi;

“Yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kira olmagan, to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 60 foizi va undan yuqori ballni to‘plagan abituriyentlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qarori bilan doimiy yashash joyidagi yuridik texnikumlarga qabul qilish parametrlaridan tashqari to‘lov-kontrakt asosida tanlov o‘tkazilmasdan qo‘shimcha ravishda qabul qilinishi mumkin.

Ulashing: