Farg‘ona viloyati yuridik texnikumiga jami 24 ta kvota berildi

Hurmatli abituriyentlar!

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 7 avgustdagi 2-son bayoniga ko‘ra 2020-2021 o‘quv yili uchun Respublikadagi texnikumlarga davlat granti (byudjet) asosida qabul qilish parametrlari tasdiqlandi. Shunga ko‘ra Farg‘ona viloyati yuridik texnikumiga jami 24 ta kvota berildi. Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ball olgan abituriyentlar shu kvota doirasida byudjetga qabul qilinadilar (davlat granti faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun).

Bundan tashqari kam ta’minlangan oila farzandlari, ko‘zi ojiz va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bo‘lgan abituriyentlar DTMga xujjat topshirayotganda zarur hujjatlarni xam topshirishlari kerak bo‘ladi. Fuqarolarni ijtimoiy ximoya qilish maqsadida yetarli ball olgan abituriyentlarning grant asosida o‘qishlari Adliya vazirligi hamda Moliya vazirliklarida ko‘rib chiqiladi

Ulashing: