Malaka oshirish kurslariga jalb etilgan jurnalist va blogerlar bilan uchrashib, mavjud muammolar va takliflarni o’rganish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O’rinboeva va Shaxnoza Soatovalar tashrif buyurdilar.
Tashrif jarayonida vazirlik mas’ul xodimlari yuridik texnikum moddiy-texnik bazasi va texnikumda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.