Texnikumda «Kitob-ilm manbai» shiori ostida kitob marafoni o’tkazildi.

⚖️ Farg’ona viloyati yuridik texnikumida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi «Kitob maxsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida»gi PQ-3271-son qarori ijrosini ta’minlash, yoshlarda kitobga mehr uyg’otish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish yuzasidan «ZIYO NASHR» MCHJ tomonidan «Kitob-ilm manbai» shiori ostida kitob marafoni o’tkazildi.
📚📖 Marafonda pedagog-xodimlar, texnikum o’quvchilari va sayyor sud majlisiga kelgan fuqarolar faol ishtirok etishdi. Badiiy adabiyotlarni sevuvchi yoshlar va ustozlar tomonidan tafakkurimizni boyituvchi adabiyotlar sotib olindi.

Ulashing: