Tanlov asosida ishga taklif qilamiz.
Ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik — faoliyatimizning eng ustuvor yoʻnalishi.
Ayni damda Fargʻona viloyati yuridik texnikumiga mavjud boʻsh ish oʻrinlariga xodimlar va professor-oʻqituvchilarni ishga qabul qilish boʻyicha arizalar qabul qilinmoqda.
Vakant lavozimlar:
Yuridik klinika rahbari, 1 nafar (oliy ma’lumotli yurist)
Huquqiy axborot texnologiyalari fani bo’yicha o’qituvchi, 1 nafar (rus va oʻzbek guruhlarda dars oʻtadigan, kamida 3 yil pedagogik ish stajiga ega bo’lgan);
Oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan yuristlar uchun ingliz tili fani oʻqituvchisi, 2 nafar (rus va oʻzbek guruhlarga dars oʻtadigan);
Oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan maxsus fan oʻqituvchisi,
2 nafar (rus guruhlarga dars oʻtadigan).
Nomzodlar: tanlov uchun ariza, shaxsiy maʼlumotnoma (obʼektivka), diplom nusxasi, pasport nusxasini vacancy.adliya.uz saytiga kirib roʻyhatdan oʻtib, hujjatlarni taqdim etishlari lozim.
Texnikumidagi boʻsh ish oʻrinlarga ariza va tegishli hujjatlar 2021 yil 15 oktabr kuni soat 17:00 ga qadar qabul qilinadi.
Tanlov tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari yuz berganda bu haqda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga, @antikorbot telegram kanaliga murojaat qilishingiz mumkin.
Saralash jarayoni quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:
1. Hujjatlar qabuli;
2. Arizalar va hujjatlarni oʻrganish;
3. Test sinovlarini oʻtkazish;
4. Suhbat.