«O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi» mavzusida seminar-trening bo’lib o’tdi.

2022-yil 20-yanvar kuni texnikum direktori tomonidan tasdiqlangan «Farg’ona viloyati yuridik texnikumida ta’til davrida xodimlarning intellektual salohiyati, uslubiy metodikasini oshirish, hamda sog’lom turmush tarzini olib borishga qaratilgan tadbirlar rejasi»ning 2-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Xususiy huquqiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi F.Mirjavharova tomonidan «O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi» mavzusida seminar-trening bo’lib o’tdi.

Seminarda pedagog-xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish va yo‘qotish holatlari yuzasidan kerakli ma’lumotlar berildi.

Trening davomida interfaol metodlardan foydalanildi. “Blitss savollari” o‘tkazildi. Qolaversa, insonlarga kundalik hayotida kerak bo‘ladigan xotirani rivojlantiruvchi qoidalar haqida video lavhalar namoyish etildi.

Ulashing: