Sud huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Fargʻona viloyat sudi raisi tomonidan 2022-yil 6-yanvar kuni tasdiqlangan Fargʻona viloyat hamda tumanlararo, tuman (shahar) sudlari sudyalari ishtirokida 2022-yilning yanvar-iyun oylarida joylarda “Mening mahallam-mening sudyam” gʻoyasi asosida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurashish yuzasidan aholi bilan ochiq muloqotlar oʻtkazish, shuningdek sudyalar tomonidan OAVda chiqishlar qilishlari haqidagi media reja ijrosini taʼminlash maqsadida Fargʻona viloyat sudi sudlov hay’ati raisi O.Xasanov ishtirokida Fargʻona viloyati yuridik texnikumi pedagog-xodimlari bilan joriy yilning 31-yanvar kuni “Sud huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Davra suhbati mobaynida “Chaqaloq va odam savdosi”, “Majburiy mehnatga qarshi kurashish” Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 245 va 245-8-moddalariga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-744-sonli qonuni hamda “Yoshlar bilan ishlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 747-sonli qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlari huquqlarining samarali himoya etilishini taʼminlash hamda aholining sudlarga boʻlgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining mazmun mohiyatlari yoritildi.

Oʻtkazilgan davra suhbati savol-javoblarga boy boʻlib, sudlar faoliyatiga oid va boshqa huquqiy mavzularda ma’lumotlar olindi.

Ulashing: