Ommaviy huquqiy fanlar

(Kafedra nizomi, o‘qituvchilari, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar)

 

Farg’ona viloyati yuridik
texnikumi direktorining
2020 yil “___” sentyabrdagi
____-son buyrug’iga
– ILOVA

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumi

«Ommaviy-huquqiy fanlar kafedrasi» to’g’risida namunaviy
NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari (keyingi o’rinlarda yuridik texnikum deb yuritiladi) Xususiy-huquqiy fanlar kafedrasi (bundan buyon matnda kafedra deb yuritiladi) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 apreldagi PF 5987-son “O’zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirishga bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ 3666-son “O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

2. Kafedra yuridik texnikumning tarkibiy bo’linmasi hisoblanib, unda ta’lim berishning o’quv, o’quv-metodik, ilmiy-metodik, tashkiliy-metodik va tashkiliy-pedagogik hamda ma’naviy-ma’rifiy masalalar bilan bog’liq ishlar amalga oshiriladi.

3. Kafedra o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Kasb-hunar ta’limi markazi Hay’at qarorlari va buyruqlari, Toshkent davlat yuridik universiteti buyruqlari, texnikum Ustavi, texnikum Kengashi qarorlari, texnikum direktorining buyruqlari, shuningdek mazkur Nizomga muvofiq olib boradi.

4. Kafedra pedagog xodimlari tarkibiga kafedra mudiri, yetakchi, katta va bosh o’qituvchi lavozimlari kiradi.

5. Kafedra bevosita direktorning o’quv ishlari bo’yicha birinchi o’rinbosariga bo’ysunadi.

II. Kafedraning vazifalari va funktsiyalari

6. Quyidagilar kafedraning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • o’quv ishlarini amalga oshirish sohasida – professional ta’lim bo’yicha yuridik kadrlarni tayyorlashga qaratilgan o’quv mashg’ulotlarini zamonaviy shakllar va uslublar, innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish;
  • o’quv-metodik, ilmiy-metodik ishlar sohasida – o’quv jarayonini o’quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash, ushbu sohadagi xorijiy tajribani o’rgangan holda pedagog xodimlarning mehnat unumdorligi va ta’lim sifati hamda samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan zamonaviy
  • ta’lim texnologiyalarini joriy qilishda ishtirok etish;
  • tashkiliy-metodik va tashkiliy-pedagogik ishlar sohasida – o’quv mashg’ulotlari tahlilini olib borish, shuningdek boshqa tashkiliy-metodik tadbirlarni samarali tashkil etish;
  • ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida – o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash samaradorligini, ularning huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, ularda vatanparvarlik, Vatan taqdiri va kelajagiga mas’ullik hamda daxldorlik tuyg’usini shakllantirish va rivojlantirish
    choralarini amalga oshirish;
  • pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ularning stajirovkasi bilan bog’liq ishlar sohasida – zamonaviy standartlarga javob beradigan yuqori pedagogik mahoratga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, stajirovkasi bo’yicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshirish.
  • Kafedra qonun hujatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.

7. Kafedra o’ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

a) o’quv ishlarini amalga oshirish sohasida:

  • davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining talab yuqori bo’lgan tor doiradagi va ixtisosli mutaxassisliklar bo’yicha tizimli fikrlash qobiliyati, ish yuritish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llashning amaliy ko’nikmalariga ega bo’lgan va xorijiy tillarni biladigan professional ta’lim bo’yicha yuridik kadrlarni tayyorlash;
  • o’quv mashg’ulotlarini o’quvchilarning mantiqiy va tizimli fikrlash, huquqiy hujjatlarni tuzish amaliy ko’nikmalarini rivojlantirishga yo’naltirilgan zamonaviy shakllar va usullar, innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida o’tkazish;
  • o’quvchilar tomonidan yuridik fanlarni chuqur o’zlashtirilishiga erishish maqsadida davlat va xo’jalik boshqaruv organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura va boshqa tashkilotlar mutaxassislarini jalb qilgan holda master-klass, seminar-trening va boshqa
    mashg’ulotlar o’tkazish;
  • o’quvchilar amaliyotini tegishli hududlardagi davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, boshqa tashkilotlar, ta’lim va ilmiy muassasalarda tashkil etishga ko’maklashish;
  • o’quvchilar bilimini baholash, ularning mustaqil ta’limini tashkil etish bo’yicha tadbirlar o’tkazish, nazorat turlari bo’yicha maslahatlar berish;
  • o’quvchilarning joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar natijalarini O’quv-metodik bo’lim bilan hamkorlikda tahlil qilib borish;

b) o’quv-metodik, ilmiy-metodik ishlar sohasida:

  • o’quvchilar uchun mo’ljallangan yangi avlod darsliklari, maxsus o’quv-metodik adabiyotlar yaratishda ishtirok etish;
  • o’quv reja va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan muntazam ravishda qiyosiy tahlil qilib borish va ularning ijobiy tajribasini qo’llagan holda takomillashtirish bo’yicha universitetga takliflar kiritish;
  • Axborot-resurs markazi fondini kafedra ixtisosligiga oid yangi o’quv, ilmiy va boshqa adabiyotlar, shu jumladan xorijiy adabiyotlar bilan yangilab borilishi bo’yicha takliflar kiritish;
  • pedagog xodimlarning malakasini oshirish bo’yicha o’quv yiliga mo’ljallangan va istiqbolli rejalar tayyorlash hamda amalga oshirish;

v) tashkiliy-metodik va tashkiliy-pedagogik ishlar sohasida:

  • yuridik kollejga o’quvchilikka qabul qilish jarayonida yoshlar o’rtasida kasbga yo’naltirish ishlarini olib borish;
  • yuridik kollej qabul komissiyasi ishida ishtirok etish;
  • o’quv jarayonida interfaol usullarni qo’llashni takomillashtirish maqsadida o’zaro darslarga qatnashish;
  • o’quv, o’quv-metodik, ilmiy-metodik, tashkiliy-metodik va tashkiliy-pedagogik hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni qamrab olgan yillik ish rejalarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash;
  • Mutaxassislik va kasblar bo’yicha kurs dekanatlari ko’magida o’quvchilarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda, xususan nutq madaniyati hamda tahliliy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan, klublar tashkil qilish;

g) ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida:

  • o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash samaradorligini, ularning huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, ularda vatanparvarlik, Vatan taqdiri va kelajagiga mas’ullik hamda daxldorlik tuyg’usini shakllantirish va rivojlantirish;
  • iqtidorli o’quvchilarni olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarda ishtirok etishga tayyorlash;
  • o’quvchilarni darsdan bo’sh vaqtini foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish, o’quvchilar yashash uylarida yashovchi hamda ijarada turuvchi o’quvchilar bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish;
  • milliy qadriyatlar va an’analar, ajdodlarimizning boy madaniy merosini targ’ib etish, milliy bayramlar, tarixiy sanalar, buyuk ajdodlar tavalludini nishonlashga doir tadbirlarni amalga oshirish;

d) pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ularning stajirovkasi bilan bog’liq ishlar sohasida:

  • pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha o’quv yiliga mo’ljallangan va istiqbolli rejalarni tayyorlash hamda amalga oshirish;
  • pedagog xodimlarning stajirovkasini tashkil qilinishida ishtirok etish.

8. Kafedra faoliyat yo’nalishlari bo’yicha hisobotlarni tayyorlaydi va direktorning o’quv ishlari bo’yicha birinchi o’rinbosariga taqdim etadi.

III. Kafedraning huquq va majburiyatlari

9. Kafedra o’z zimmasiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

  • boshqa tarkibiy bo’linmalardan kafedra faoliyatiga taalluqli materiallar va ma’lumotlarni so’rab olish;
  • yuridik texnikum miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etish;
    yuridik texnikum faoliyatini rivojlantirishga munosib hissa qo’shgan, o’zining iste’dodi va bilimini namoyon qila olgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan, turli sohalarda yutuqlarga erishgan, fidoiylik namunasini ko’rsatgan xodim va iqtidorli o’quvchilarni rag’batlantirish
    yuzasidan yuridik texnikum rahbariyatiga takliflar kiritish;
  • kafedra faoliyatiga doir hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
  • Kafedra qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.

10. Kafedra:

  • davlat ta’lim standartlari talablari, soha mutaxassisligi fanlari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarga qo’yiladigan talablar haqida to’liq tasavvurga ega bo’lishga;
  • pedagog xodimlar tarkibini yuqori darajada kasbiy pedagogik mahoratga, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega bo’lgan mutaxassislar bilan mustahkamlash choralarini ko’rib borishga;
  • faoliyatining barcha yo’nalishlari bo’yicha yuqori samaradorlikni ta’minlashga;
  • mehnat va ijro intizomi hamda xizmat vazifalariga rioya qilishga, yillik ish rejalarining bajarilishini ta’minlashga, yuridik texnikum tadbirlarida faol ishtirok etishga;
  • yuridik texnikum ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalari, O’quvchilar yashash uylari ichki tartib-qoidalariga rioya etishga;
  • yuridik texnikum rahbariyati va dekanat tomonidan berilgan topshiriqlarni o’z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlashga majbur.
  • Kafedraga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.

11. Kafedra pedagog xodimlari pedagog degan nomga dog’ tushirmasligi, o’quvchilarning ta’lim va tarbiyasiga sitqidildan va vijdonan yondashishi, bilim va ko’nikmalari, kasbiy pedagogik mahorati, huquqiy va siyosiy madaniyatini muntazam ravishda oshirib borishi shart.

IV. Kafedra faoliyatini tashkil etish

12. Kafedrani yuridik texnikum direktori tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan kafedra mudiri boshqaradi.

13. Kafedra mudiri, qoida tariqasida, tegishli mutaxassislik sohasida chuqur bilim, yetarli amaliy tajribaga ega bo’lgan va o’ziga yuklangan xizmat vazifalarini to’liq hajmda va sifatli bajarayotgan xodim kafedra mudiri lavozimiga tayinlanishi mumkin.

14. Kafedra mudiri:

  • kafedra faoliyatini bevosita boshqaradi;
  • yuridik texnikum Kengashi yig’ilishlarida ishtirok etadi;
  • kafedraning ish rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi;
  • kafedra pedagog xodimlari o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi hamda ularning o’z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qiladi;
  • kafedraga ishga qabul qilish, ishdan bo’shatish va xodimlarni boshqa lavozimlarga o’tkazish, ularni ma’naviy va moddiy rag’batlantirish, shuningdek intizomiy jazo qo’llash to’g’risida yuridik texnikum rahbariyatiga takliflar kiritadi.

15. Kafedra faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish hamda unda tegishli vazifa va topshiriqlarni sifatli, o’z vaqtida bajarilishi direktorning o’quv ishlari bo’yicha birinchi o’rinbosari tomonidan ta’minlanadi.

16. Kafedrada yuridik texnikum direktori buyrug’i bilan jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan kafedra mudirining o’rinbosarlari tayinlanishi mumkin.

17. Kafedra faoliyati o’quv, o’quv-metodik, ilmiy-metodik, tashkiliy-metodik va tashkiliy-pedagogik hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni qamrab olgan istiqbolli va joriy (yillik) ish rejalarga muvofiq amalga oshiriladi.

18. Rejalar va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa vazifalarning bajarilishi kafedra mudiri raisligida o’tkaziladigan majlislarda muhokama etiladi.

  • Kafedra majlislariga dekanat va boshqa tarkibiy bo’linmalar, tashkilotlar, shu jumladan universitet vakillari taklif etilishi mumkin.
  • Kafedra majlislari, qoida tariqasida, har oyda kamida bir marta o’tkaziladi, shuningdek zarur hollarda navbatdan tashqari majlislar ham o’tkazilishi mumkin.
  • Kafedra majlislarida muhokama qilinayotgan masalalar yuzasidan tegishli qaror kafedra pedagog xodimlari tomonidan ovoz berish yo’li bilan qabul qilinadi. Kafedra majlislari qarorlari pedagog xodimlarning kamida 2/3 qismi ishtirokida qabul qilinadi.
  • Kafedraning har bir majlisi kafedra mudiri (majlis raisi) va majlis kotibi tomonidan imzolanadigan bayon bilan rasmiylashtiriladi.

19. Kafedrada quyidagi hujjatlar yig’majildlari yuritiladi:

  • o’quv, o’quv-metodik, ilmiy-metodik, tashkiliy-metodik va tashkiliy-pedagogik hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni qamrab olgan kafedraning ish rejalari;
  • kafedraga tegishli fanlar bo’yicha normativ-huquqiy, o’quv-uslubiy va boshqa hujjatlar;
  • majlis bayonlari;
  • pedagog xodimlar va o’quv-yordamchi xodimlarni moddiy rag’batlantirish maqsadida har oylik ustamalar belgilash bilan bog’liq hujjatlar;
  • yuridik texnikum direktori buyrug’i bilan tasdiqlangan hujjatlar yig’majildlari nomenklaturasida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.

V. Yakuniy qoida

20. Kafedrani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Ulashing: