{"id":1095,"date":"2020-12-23T17:58:51","date_gmt":"2020-12-23T12:58:51","guid":{"rendered":"http:\/\/fyut.uz\/?p=1095"},"modified":"2020-12-23T17:58:51","modified_gmt":"2020-12-23T12:58:51","slug":"ozbekistonda-aprel-oyining-birinchi-haftasida-kitobxonlik-haftaligi-otkaziladi","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/fyut.uz\/?p=1095","title":{"rendered":"O\u2018zbekistonda aprel oyining birinchi haftasida \u201cKitobxonlik haftaligi\u201d o\u2018tkaziladi"},"content":{"rendered":"<div id=\"mainWrap\">\n<div id=\"content\">\n<div class=\"mainContainer\">\n<div class=\"article\">\n<div class=\"articleCont\">\n<div class=\"articleContHead\">\n<h4 class=\"title-1 without-author\">O\u2018zbekistonda aprel oyining birinchi haftasida \u201cKitobxonlik haftaligi\u201d o\u2018tkaziladi<\/h4>\n<\/div>\n<div class=\"postContent\">\n<p>Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2020\u20132025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo\u2018llab-quvvatlash milliy dasturi tasdiqlandi, deya <a href=\"https:\/\/www.norma.uz\/uz\/qonunchilikda_yangi\/aprel_oyining_birinchi_haftasida_kitobhonlik_haftaligi_utkaziladi\">xabar qilmoqda<\/a> Norma.<\/p>\n<p>Qayd etilishicha, dastur bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:<\/p>\n<p><strong>I bosqich<\/strong> \u2013 2020\u20132021-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo\u2018yicha tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;<\/p>\n<p><strong>II bosqich<\/strong> \u2013 2022\u20132023-yillarda kitobxonlikka oid infratuzilmani mustahkamlash;<\/p>\n<p><strong>III bosqich<\/strong> \u2013 2024\u20132025-yillarda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini jadal rivojlantirish, ularning intellektual salohiyati o\u2018sishi hisobiga inson kapitali sifatini yaxshilash.<\/p>\n<p>Quyidagilar dasturni amalga oshirishning ustuvor yo\u2018nalishlari etib belgilandi:<\/p>\n<ul>\n<li>aholi, avvalo, yoshlarning ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish, nashriyotlar va ijodkorlar faoliyatiga ko\u2018maklashish, bolalarga mo\u2018ljallangan adabiyotlarni chop etishni qo\u2018llab-quvvatlash;<\/li>\n<\/ul>\n<ul>\n<li>milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, respublikaning olis hududlarida va yoshga doir kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish;<\/li>\n<\/ul>\n<ul>\n<li>kitob savdosini tashkil etish tartiblarini soddalashtirish, yangi nashr etilgan kitoblarni yetkazish va axborot manbalarini tarqatish tizimini takomillashtirish;<\/li>\n<\/ul>\n<ul>\n<li>kitob yetkazib beruvchilarni zamonaviy ijtimoiy ehtiyojlarga moslashtirish, infratuzilmani yaxshilash, axborot-kutubxona markazlarini chop etiladigan bosma nashrlar va ularning elektron nusxalari bilan to\u2018ldirib borish, elektron kitoblar yaratish, kitoblarni raqamlashtirish va elektron kataloglarni tuzish hamda tizimli ravishda yangilab borish;<\/li>\n<\/ul>\n<ul>\n<li>aholining kitobxonlik darajasi va kitobga qiziqishini tizimli o\u2018rganib borish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tanlovlarni tashkil etish, kutubxonachi kadrlar salohiyatini oshirish;<\/li>\n<\/ul>\n<ul>\n<li>xorijiy asarlarga onlayn buyurtma berish, ularni respublika hududiga olib kelish va tarqatish tizimini hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo\u2018yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirish.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Qabul qilingan hujjatda har yili aprel oyining birinchi haftasida \u201cKitobxonlik haftaligi\u201dni\u00a0o\u2018tkazish hamda dasturni 2020\u20132021-yillarda amalga oshirish bo\u2018yicha quyidagilar nazarda tutilgan \u201cyo\u2018l xaritasi\u201dni\u00a0tasdiqlash belgilangan:<\/p>\n<ul>\n<li>nashriyotlar tomonidan yozuvchilarga ajratiladigan gonorar masalasini takomillashtirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;<\/li>\n<\/ul>\n<ul>\n<li>rassom, dizayner va badiiy muharrirlarga mualliflik haqini to\u2018lash tartibi to\u2018g\u2018risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish;<\/li>\n<\/ul>\n<ul>\n<li>kitobxonlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash tizimini ishlab chiqish, \u201cEng yaxshi kitobxon hudud\u201d, \u201cEng yaxshi kitobxon mahalla\u201d, \u201cEng yaxshi kitobxon ta\u2019lim muassasasi\u201d reytingini joriy etish va boshqalar.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Hujjat 2020-yil 14-dekabr kuni kuchga kirdi.<\/p>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekistonda aprel oyining birinchi haftasida \u201cKitobxonlik haftaligi\u201d o\u2018tkaziladi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2020\u20132025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo\u2018llab-quvvatlash milliy dasturi tasdiqlandi, deya xabar qilmoqda Norma. Qayd etilishicha, dastur bosqichma-bosqich amalga oshiriladi: I bosqich \u2013 2020\u20132021-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo\u2018yicha tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish; II bosqich \u2013 2022\u20132023-yillarda kitobxonlikka oid infratuzilmani mustahkamlash; III bosqich [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1096,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[7],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1095"}],"collection":[{"href":"http:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=1095"}],"version-history":[{"count":1,"href":"http:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1095\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1097,"href":"http:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1095\/revisions\/1097"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/1096"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=1095"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=1095"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=1095"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}