Til-xalqning, millatning eng buyuk qadryatlaridan biri hisoblanadi. SHuning uchun xalqning ozodlikka, o’zligini anglab yetishga intilishda tilning qadrini tiklash, nufuzini yanada oshirish muhum o’rin tutadi.

♻️ O’zbek tili dunyoning eng qadimiy va boy tillaridan biridir.

♻️ 21-oktabr til bayrami barchamizga muborak bo’lsin!

Men tinglagan allalar yodi,
Yuragimga ildizdek botgan.
Ilk so’zimni aytganim chog’i.
Boshim uzra orroq tong otgan.
Shu yog’duga yog’rilgan tilim,
Chaymalarda poklanib chiqqan,
Vatan senga qilaman ta’zim,
Sen-ku meni so’z bilan tuqqan.

Aziz Vatandoshlar! Xalqimizni va albatta bizga eng qadrli va muqaddas bo’lgan ona tilimizni sevib, asrab, ardoqlaymiz va uni rivojlanishiga o’z hissamizni qo’shamiz.

Ulashing: