O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy kengashi tomonidan yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimlari, ongi va bilimlarini yuksaltirish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hurmat ruhida tarbiyalash, erkin fikrlash qobiliyati va nutq va madaniyatini o‘stirish faol fuqarolik pozitsiyasini yanada mustahkamlash, Vatanga muhabbat, kelejakka ishonch ruhini shakllantirish, yoshlarni Konstitutsiyani chuqur o‘rganishga rag‘batlantirish maqsadida “Konstitutsiya bilimdoni” ko‘rik-tanlovi Farg‘ona viloyati bosqichi joriy yilning 25-noyabr kuni Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra birinchi o‘rinni Anvarjonova Dilafruz Akmaljon qizi, ikkinchi o‘rinni Karimqulov Nodirjon To‘lqinjon o‘g‘li va uchinchi o‘rinni Ro‘zimatov Muhammaddiyor Baxtiyorovichlar egallashdi.

Ko‘rik tanlov so‘ngida sovrinli o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga Farg‘ona viloyati “Adolat” SDP kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: