Tanlov asosida ishga taklif qilamiz.
Ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik — faoliyatimizning eng ustuvor yoʻnalishi.
Ayni damda Fargʻona viloyati yuridik texnikumiga mavjud boʻsh ish oʻrinlariga xodimlar va professor-oʻqituvchilarni ishga qabul qilish boʻyicha arizalar qabul qilinmoqda.
Vakant lavozimlar:
Oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan maxsus fan oʻqituvchisi: 1 nafar (oylik maoshi qo’shimcha ustamalar bilan 4 500 000 so’m)
Nomzodlar: tanlov uchun ariza, shaxsiy maʼlumotnoma (obʼektivka), diplom nusxasi, pasport nusxasini vacancy.adliya.uz saytiga kirib roʻyhatdan oʻtib, hujjatlarni taqdim etishlari lozim.
Texnikumidagi boʻsh ish oʻrinlarga ariza va tegishli hujjatlar 2022-yil 22-dekabr kuni soat 17:00 ga qadar qabul qilinadi.
Tanlov tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari yuz berganda bu haqda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga, @antikorbot telegram kanaliga murojaat qilishingiz mumkin.
Saralash jarayoni quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:
1. Hujjatlar qabuli;
2. Arizalar va hujjatlarni oʻrganish;
3. Test sinovlarini oʻtkazish;
4. Suhbat.