Ayni kunlarda hududlarda Prezidentimizning Oliy Majlis hamda O‘zbekiston Respublikasi xalqiga qilgan murojaatnomasi, unda nazarda tutilgan maqsad va vazifalar targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 23-dekabr kuni O‘zbekiston Ekologik partiyasi Farg‘ona viloyat Kengashi bilan hamkorlikda ana shunday anjuman tashkil etildi.

Tadbirda texnikum direktori M.Toshmatova, O‘zbekiston Ekologik Partiyasi Farg‘ona viloyat kengashi raisi, Filologiya fanlar nomzodi, Antik dunyo xalqaro akademiyasi doktori, prafessor M. Mahmudov, partiya kengashi bosh mutaxassisi Sh Karichayev va texnikum direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari A.Ergashevlar Prezidendimiz murojaatnomasida belgilab berilgan ustivor vazifalar ahamiyati, xususan, ta’lim, ekologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi faoliyatini tashkil etilganligining 4 yillgi munosabati bilan partiya faoliyati, partiya Kengashi tomonidan bajarilayotgan ishlar haqida ma‘lumotlar berildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: