Joriy yilning 17-fevral kunida texnikumda “Jinoyat huquqi va protsessi” fani oʻqituvchisi I.Ubaydullayev tomonidan “Jinoyat huquqi” fanidan “Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar” mavzusida ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi.

Dars jarayoniga Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Fargʻona akademik litseyining maxsus fanlar oʻqituvchilari bilan birgalikda oʻquvchilari hamda Jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona shahar sudining sudya yordamchisi A.Erkaboyev tashrif buyurdi.

Dars mashgʻuloti davomida oʻqituvchi mavzuning nazariy qismlarini bayon etish barobarida Tinchlik va xavfsizlikka hamda mavzuga oid boʻlgan jinoyatlarni malakalashning oʻziga xos xususiyatlariga alohida toʻxtalib oʻtdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: