Аjdodlarimizdan meros — kiyinish madaniyati oʼzligimizni anglatishini, asrlar shiddatiga dosh bergan irodamizni, sabru-qanoatimizni, pok umidlarimizni ifoda etishini unutmaylik. Milliy kiyimlar va bezak turlari tariximiz davomida shakllangan boʼlsa-da, keyingi paytda turli oʼzgarishlarga yuz tutayotgani sir emas. Bu hol tabiiy. Lekin oʼzgarishlarni, yangiliklarni oqilona qabul qilish kerak. Milliylik inson botinida ham, zohirida ham saqlanib qolmogʼi juda muhimdir.. Zotan, azaldan xalqimizda “Hayo va iboning tashqi koʼrinishi — kiyimdur”, mazmunidagi hikmat bor.
Texnikumda o’quvchi-qizlar hamda Farg’ona viloyati xotin-qizlar o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muvofiqlashtiruvchi targ’ibot guruhi rahbari S.Alimova va viloyat din ishlari boshqarmasi mutaxassisi D.G’ofurovalar bilan “Milliy libos-millat ko’zgusi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Davra suhbatida o’quvchi qizlar milliy urf-odatlar, odob-axloq qoidalariga oid savollariga javob oldilar va tadbirda mavzuga oid rolik namoyish etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube