Joriy yilning 28-fevral kuni texkimning «Xususiy-huquqiy fanlar» kafedrasi o`qituvchisi I.Ubaydullayev tomonidan yuridik xizmat yo`nalishi 2-kurs 14-21 guruhida «Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar» mavzusida ochiq seminar mashg`uloti o`tkazildi.

Seminar mashg`uloti jarayonida I.Ubaydullayev iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning mazmun mohiyati, yuridik tahlili, ularni kvalifikatsiya qilish masalalarini yoritib berish barobarida, jinoyat qonuni maxsus qismi moddalarini o`rganishda umumiy qism me`yorlarini, mavzuga doir jinoyatlar yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Oliy Sud Plenumi qarorlarini qo`llash borasida tushuntirishlar berdi.

Bundan tashqari o`quvchilar tomonidan mavzu yuzasidan olingan bilimlarni mustahkamlash maqsadida mavzuga doir kazuslar va test savollari ishlandi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: