«Sud-huquqiy faoliyat» yo’nalishi 23-22 guruh o’quvchisi
O’rinboyev Omadjon Odiljon o’g’li
«Tanazzulga eltuvchi illat» mavzusidagi maqolasi
Yurtimizda 2017-yil 3-yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni bilan “Korrupsiga qarshi kurashish agentligi” tashkil etildi. Agentlikning asosiy vazifalaridan biri korrupsiyaga botgan sohalarni taxlil qilish va bu illatga barham berish hisoblanadi.
Shuningdek, oliy taʼlim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish uchun kompleks nazorat tizimi joriy etildi.
Korrupsiya mansab mavqeyidan shaxsiy maqsadda fondalanish jinoyati hisoblanadi. Korrupsiya xufiyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biridir. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat xizmatchilarining xalkdan pora olishi tushuniladi. Ammo davlat tashkilotida ishlamaydigan fuqarolar ham korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchisi boʻlishi, pora pul emas, balki biron-bir xizmat shaklida taqdim etilishi mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kompleks chora-tadbirlar koʻrilayotganiga qaramay hamon oʻqishga kiritib qoʻyaman, “muammoni hal qilib beraman” deydigan va shu orqali moʻmay pul ishlab olishni kuzlaydigan firibgarlar uchrab turibdi. Afsuski, “farzandim diplom olsa boʻldi, u yogʻi bir gap boʻlar” qabilida ish tutadigan ota-onalar ham yoʻq emas.
Taʼlim tizimidagi islohotlar sabab vaziyat tubdan oʻzgardi, kimning bilimi, qobiliyati boʻlsa, oʻsha odam oʻqiydi degan tamoyilga amal qilina boshlandi. Shu bois taʼlimdagi korrupsiyani tag-tomiri bilan yoʻq qilishga astoydil kirishilgan. Oliy taʼlim dargohlarida tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish kompleks nazorat tizimini boshqarish boʻlimlari taʼlim sohasidagi poraxoʻrlikni izidan aniqlab bartaraf etmoqda.
Koʻpincha pora berish tashabbusi fuqarolarning oʻzidan chiqayotganligi, afsuski achchiq haqiqat. Vaholanki, korrupsiyaga qarshi kurashishga barchamiz birdek masʼulmiz.
Unutmang, korrupsiya rivojlangan davlat tanazzulga yuz tutadi!
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube