Joriy yilning 27-mart kuni “Umumtaʼlim ” fanlari kafedrasi yuristlar uchun rus tili fani oʻqituvchisi M.S.Abdullayeva tomonidan “Yuridik xizmat” yoʻnalishi 22-22 guruhida “ Сложные предложения ” mavzusida ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi. Mashgʻulot davomida oʻquvchilar kun yangiliklari, mavzuga oid tayanch soʻz va iboralar bilan tanishdilar.
♻️ Ochiq dars davomida oʻquvchilarning rus tilida erkin soʻzlasha olishlarini oshirish maqsadida oʻqituvchi “Убери лишнее слово”, “Объедините слова”, “Общее-частное” nomli interfaol usullar, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalandi.
♻️ Shuningdek, mavzuga oid videorolik namoyishi hamda slaydli taqdimot asosida mavzu atroflicha bayon qilindi. Kichik guruhlar ishi musobaqa shaklida tashkil etildi.
♻️ Berilgan grammatik topshiriqlar va ta’limiy òyinlarni òquvchilar katta qiziqish bilan bajardilar.
♻️ Darsni texnikumning tajribali hamda yosh òqituvchilari kuzatdilar va ijobiy baho berdilar.












Telegram | Facebook | Instagram | Youtube