«HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYAT» mavzusida maqola chop etildi

HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYAT

Muhammadjonov Ahadjon Azamjon o’g’li

Farg’ona viloyati yuridik texnikumi

1-kurs “Davlat huquqiy faolyati” yo’nalishi 20-22 guruhi o’quvchisi

Huquqiy ong – bu jamiyatda kishilarning huquq to‘g‘risidagi qarashlaridir, chunki huquqiy normalar jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida kishilar o‘rtasida turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. Huquq normalari bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda huquqiy ong ya‘ni kishilarning huquqni bilishligi, huquq normalarini bajarishligi katta ahamiyatga egadir.Huquqiy ong jamiyatda ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan – falsafa, siyosat, diniy, estetik, huquqiy ong shakllari ajratib ko‘rsatiladi. U jamiyatda ijtimoiy ongning maxsus shakli bo‘lib hisoblanadi, chunki huquqiy ong keng tushuncha bo‘lib, jamiyatda huquqiy normalarni qabul qilish, ularni turmushda qo‘llash, huquq to‘g‘risida bilimlarning, ya‘ni huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya to‘g‘risidagi murakkab ijtimoiy vazifalarni o‘z ichiga oladi.

Huquqiy madaniyat – bu kishilarning huquqiy bilim darajasi, huquqqa nisbatan ongli munosabati, huquqni hurmat qilishi va unga rioya qilishidir. Huquqiy madaniyat jamiyat umumiy madaniyatining uzviy tarkibiy qismidir. Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish, yuridik va jismoniy shaxslarning huquq va manfaatlarlariga rioya etish, huquqiy normalarni bajarish, huquqiy talablarni bilish hamda ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga oid barcha masalalar kishilarning huquqiy ustqurmasida huquqiy madaniyat hodisasi, huquqiy hayotning darajasi alohida o‘rin tutadi.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini taʼminlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

Soʻnggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga toʻsqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolinmoqda.

Xususan, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy taʼlim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borilmayapti. Uzoq yillar davomida bu masalaga huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ayrim davlat organlarining ishi sifatida qarab kelinib, bunda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtiroki yetarlicha taʼminlanmagan.

Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uygʻotish ishiga kompleks tarzda yondashilmadi.

Aholining huquqiy bilimlarini oshirishga doir vazifalarning umumiy tusda belgilanganligi hamda ularni amalga oshirishning aniq taʼsirchan mexanizmi mavjud emasligi jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarning samarasiz olib borilayotganligini koʻrsatadi.

Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni saqlash gʻoyalarini aholi ongiga singdirish ishlarining yetarli olib borilmasligi ham qonun ustuvorligini taʼminlashga oʻzining jiddiy salbiy taʼsirini koʻrsatmoqda.

Aholining huquqiy bilimlari yetarli emasligi, shuningdek, davlat organlarining qonunga xilof qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatidan deyarli foydalanmasligi mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishi holatlarining vujudga kelishiga sabab boʻlmoqda.

Bundan tashqari, hozirgi globallashuv, ilmiy-texnik taraqqiyot davrida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishning innovatsion usullaridan, targʻibotning ilgʻor va taʼsirchan vositalaridan, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalaridan yetarli darajada foydalanilmayapti.

Fuqarolarning yuksak huquqiy ongi va huquqiy faolligi ma‘rifiy jamiyatda huquq ustuvorligining, huquqiy davlatning poydevoridir. Fuqarolarning huquqiy ongini shakllantirish, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashishning zarururiy talabidir. Haqiqattan ham shunday, huquqiy immunitet shakllangan shaxsga tashqaridan kirib keladigan yot g‘oyalar, qarashlar, qonunga xilof xatti-harakatlar o‘z ta‘siriga ega bo‘lmay qoladi. Ijtimoiylashuv natijasida shaxslar ezgulik va adolat, inson sha‘ni va uning toptalishi hamda erkinlik va qullik kabi qonuniyatning mavjudligini anglab idrok etishadi.

–         Nima yaxshi-yu nima yomonligini tushunib yetishda esa ularga aynan huquqiy savodxonlik, huquqiy yetuklik yordam beradi.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning asosiy vazifalari belgilandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining – Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida‖gi farmoniqabulqilindi.

Hujjatda qayd etilishicha, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o’rtasidagi muvozanatni saqlash g’oyalarini aholi ongiga singdirish ishlarining yetarli olib borilmasligi ham qonun ustuvorligini ta’minlashga o’zining jiddiy salbiy ta’sirini ko’rsatmoqda.

Quyidagilar jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning asosiy vazifalari etib belgilandi: aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil yetkazish tizimini shakllantirish, fuqarolar ongida – Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish ‒ demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir! degan hayotiy g’oyani mustahkamlash; jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, ta’limtarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida e’tibor qaratish, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuqur singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o’rtasidagi muvozanatni saqlash g’oyalarini keng targ’ib qilish; yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga bolaligidan boshlab o’rgatish; aholi o’rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo’yicha huquqiy-ma’rifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini o’rgatish bilan uyg’un holda tashkil qilish, shuningdek, har bir fuqaroda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg’ularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirish; davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, ularda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining manzilli huquqiy targ’ibotni amalga oshirish borasidagi o’zaro hamkorligini mustahkamlash; jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga doir tadbirlarni tashkil etishda ijtimoiy sheriklik prinsiplaridan keng va unumli foydalanishni tizimli asosda yo’lga qo’yish; ommaviy axborot vositalarining huquqiy axborot bilan ta’minlashdagi rolini oshirish, huquqiy targ’ibotning innovatsion usullaridan keng foydalanish, shu jumladan, vebtexnologiyalarni qo’llashni kengaytirish; yuridik ta’limni takomillashtirish, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish; jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini chuqur tadqiq etish.

–  Yuksak huquqiy madaniyat – mamlakat taraqqiyoti kafolatili degan kontseptual g’oya asosida aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo’lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo’llay olishlari uchun tizimli va keng qamrovli huquqiy targ’ibot tadbirlarini tashkil qilish davlat organlari va tashkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilanadi.

Belgilab qo’yilishicha, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish- shaxs – oila ‒ mahalla ‒ ta’lim muassasasi ‒ tashkilot ‒ jamiyat‖ prinsipi bo’yicha tizimli va uzviy tashkil etiladi.

Xulosa qilib aytganda, huquqiy ong va huquqiy madaniyat bosqichma- bosqich shakllanib boradigan jarayon hisoblanadi. Huquqiy madaniyatning yuksalishi esa qonunga itoat tuyg‘usini rivojlanishiga olib keldi. Hozirgi kunda mazkur masala davlat siyosati darajasiga kotarilmoqda, shu maqsadda fuqarolarning huquqiy ongi, huquqiy madaniyati, ta‘lim-tarbiyasi, huquqiy savodxonligini yanada yuksaltirish, yoshlarning huquq sohasiga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, ularni huquqiy jihatdan yetuk va barkamol avlod etib tarbiyalash asosiy maqsad va muddaolardan biri hisoblanadi. Jamiyatda ozhaq-huquqini biladigan va qonun-qoidalarga ogishmay amal qiladigan fuqarolar huquqiy davlatning poydevoridir.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: