🏛 Joriy yilning 28-mart kuni “Umumtaʼlim ” fanlari kafedrasi yuristlar uchun rus tili fani oʻqituvchisi Sh.Kamolova tomonidan “Sud-huquqiy faoliyati” yoʻnalishi 23-22 guruhida “ Сложные предложения ” mavzusida ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi. Mashgʻulot davomida oʻquvchilar kun yangiliklari, mavzuga oid tayanch soʻz va iboralar bilan tanishdilar.

🔹 Ochiq dars davomida oʻquvchilarning rus tilida erkin soʻzlasha olishlarini oshirish maqsadida oʻqituvchi “Убери лишнее слово”, “Объедините слова”, “Общее-частное” nomli interfaol usullar, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalandi.

🔹 Shuningdek, mavzuga oid videorolik namoyishi hamda slaydli taqdimot asosida mavzu atroflicha bayon qilindi. Kichik guruhlar ishi musobaqa shaklida tashkil etildi.

🔹 Berilgan grammatik topshiriqlar va ta’limiy òyinlarni òquvchilar katta qiziqish bilan bajardilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: