“Konstitutsiya — oʻzimizniki”
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya yangi Oʻzbekiston taraqqiyotida yangi davrni boshlab beradi. Muhtaram Yurtboshim taʼbiri bilan aytganda, konstitutsiyaviy islohotni fuqarolarimiz fikri va qoʻllab-quvvatlashi asosida, referendum orqali amalga oshirsak, bu tom manoda xalqimiz xohish irodasining ifodasi – haqiqiy xalq konstitutsiyasi boʻladi. Haqiqatda ham Konstitutsiyaviy qonunda belgilangan normalar sizu bizning huquq va manfaʼatlarimiz himoyasiga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Oʻzbekiston – yoshlar mamlakati. Shu bois, biz yoshlar bu isloxotlarga labbay deb javob berib, barchangizni aprel oyida oʻtkaziladigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz!
Konstitutsiya – meniki, seniki, bizniki, oʻzmizniki!
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube