O‘zbekistonda sud hukmi ustidan apellyatsiya va kassatsiya tartibida shikoyat berish muddatlari uzaytiriladi
O‘zbekistonda sud hukmi ustidan apellyatsiya va kassatsiya tartibida shikoyat berish muddatlari uzaytiriladi. Bu haqda 22-dekabr kuni Oliy sud mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Bundan tashqari, apellyatsiya tartibida shikoyat berishning o‘tkazib yuborilgan muddatlarini tiklash asoslari kengaytirilmoqda. Kassatsiya tartibida shikoyat berish muddatlari amaldagi 6 oydan farqli ravishda 1 yilga o‘zgartirildi.
Tiklanishi mumkin bo‘lgan muddatga chegara mavjud emas, taraflar har qancha muddat o‘tganidan keyin ham o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida sudga murojaat qilish huquqi saqlanib qoladi.