Joriy yilning 11-sentabr kuni 2023/2024 o’quv yili uchun Farg’ona viloyati yuridik texnikumiga o‘qishga kirish uchun o’tkazilgan test sinovlarini muvafaqiyatli topshirib, davlat granti va to’lov kontrakti o’qishga qabul qilingan o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” bosh g‘oyasi asosida ma’naniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🔹Qolaversa, tadbirda O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi tomonidan yuridik texnikumlarining iqtidorli o‘quvchlari uchun “Adliya vazirligi stipendiyasi” joriy etilgan bo‘lib, texnikumning 5 nafar o‘quvchisi ham ushbu “Adliya vazirligi stipendiyasi” sovrindori bo‘lganligi uchun guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi.

🔹Tadbir davomida istiqlolimizni madx etuvchi she’r, kuy va raqslar tadbir ishtirokchilari tomonidan havola etildi. Ota-onalar tomonidan bildirilgan ezgu tilaklar, barchaga hush kayfiyat ulashdi.


Ulashing: