Joriy yilning 15-sentabr kuni texnikumda Fargʻona tumanlararo maʼmuriy sudining sudyalari D.Madaminov, N.Tojiyeva va sudya yordamchilari F.Mamajonova, G.Abduboisova va U.Jabborovlar ishtirokida “Sudya va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi.

Uchrashuvda sudyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyatining odil sudlovni amalga oshirish jarayonidagi muhim vazifalari va kelgusida amalga oshirilishi nazarda tutilgan ustivor bir qator ishlar haqida maʼlumotlar berishdi hamda yoshlar tomonidan sohaga oid berilgan savollarga javob berib oʻtdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: