Tanlov asosida ishga taklif qilamiz.

Tanlov asosida ishga taklif qilamiz.
Ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik — faoliyatimizning eng ustuvor yoʻnalishi.
♻️Ayni damda Fargʻona viloyati yuridik texnikumida bola parvarishlash ta’tilidagi xodim ishga qaytguniga qadar, «Yuristlar uchun ingliz tili» fani o’qituvchisi lavozimiga pedagog-xodimlarni ishga qabul qilish boʻyicha arizalar qabul qilinmoqda.
✅Vakant lavozimlar: 1 ta
Oliy maʼlumotga ega boʻlgan ingliz tili fani oʻqituvchisi, til bilish darajasi bo’yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo’lishi (kamida B2) shart, (oylik maoshi 2 755 648 so’m, faoliyatidan kelib chiqib qo’shimcha ustamalar belgilanadi)
Nomzodlar tanlov uchun ariza, shaxsiy maʼlumotnoma (obʼektivka), diplom nusxasi, pasport nusxasini https://vakansiya.adliya.uz/ saytiga kirib roʻyhatdan oʻtib, hujjatlarni taqdim etishlari lozim.
Texnikumidagi boʻsh ish oʻrinlarga ariza va tegishli hujjatlar 2023-yil 13-oktabr kuni soat 17:00 ga qadar qabul qilinadi.
Tanlov tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari yuz berganda bu haqda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga, @antikorbot telegram kanaliga murojaat qilishingiz mumkin.
Saralash jarayoni quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:
1. Hujjatlar qabuli;
2. Arizalar va hujjatlarni oʻrganish;
3. Test sinovlarini oʻtkazish;
4. Suhbat.

Ulashing: