Fargʻona viloyati yuridik texnikumi oʻquvchilar turar joyida yashovchi oʻquvchilarning ota-onalari bilan yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda oʻquvchilar turar joyi ichki tartib qoidalari, oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish choralari, oʻquv kurslari va fan toʻgaraklariga qatnashish holati, axborot resurs markaziga aʼzolik va markazdan foydalanish holati, turar joyida yashash tartibi boʻyicha shartnomalarni imzolash masalalarida suhbatlashildi.
Yigʻilish soʻngida ota-onalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube