“Bir million dasturchi” loyihasida faol ishtirok eting!!!
“Bir million dasturchi” loyihasini kengaytirish orqali eng iqtidorli yoshlarni tanlab olib, xalqaro nufuzli kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida xalqaro IT bozoriga tayyorlash vazifasi belgilangan.
Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan yoshlarga “Bir million dasturchi” loyihasining https://uzbekcoders.uz platformasi orqali AQShning “Coursera” kompaniyasining onlayn ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Ushbu loyiha doirasida 2023-2025-yillarda 1,2 mln. nafar yoshlar 8 ta yo‘nalishdagi onlayn kurslardan bepul o‘qitish rejalashtirilgan hamda IT-Park tomonidan barcha kontentlardan foydalanish imkoniyatini beruvchi jami 10 ming dona litsenziya sotib olish rejalashtirilgan.
“Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi 310-son qarori bilan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab berish tartibi joriy etilgan hamda “Xalqaro ITsertifikatlar ro‘yxati” tasdiqlangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Bir million dasturchi” loyihasi faol ishtirokchisi bo‘ling va imkoniyatlardan foydalaning! https://uzbekcoders.uz/