Toshkent davlat yuridik universiteti Kriminalistika kafedrasi bilan hamkorlikda binar onlayn darslar boshlandi. Texnikumning “Sud-huquqiy faoliyat” yo’nalishi 23-guruhida «Kriminalistika» fanidan «Xodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish taktikasi. Tergov va tezkor qidiruv xodimlarini o‘zaro hamkorligi» mavzusida TDYU dotsenti A.Baratov tomonidan onlayn ma’ruza dars o’tildi.
Darsda o’quvchilar kriminalistik taktika, tergov va qidiruv faoliyati yuzasidan qo’shimcha ma’lumotlarni o’rganishdi va qiziqqan savollariga javob oldilar.