Farg’ona viloyati yuridik texnikumida Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda “Korxona, muassasa va tashkilotlarning barqaror rivojlanishida mehnat qonunchiligi va lokal hujjatlarni o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
Konferensiyada Farg‘ona shahar adliya bo‘limi “Yuridik xizmat” markazi rahbari Sh.Tolipov, TDYU “Mehnat huquqi” kafedrasining katta o‘qituvchisi M.Karimjonov, Farg‘ona viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi boshlig‘i X.Toshaliyev, Viloyat kasaba uyushmasi vakili M.Usmonov, Toshkent davlat yuridik universiteti Uzluksiz Ta’lim
boshqarmasi xodimi N.Baxromovalar hamda respublikadagi yuridik texnikumlar o’qituvchi va o’quvchilari ZOOM platformasi orqali onlayn ishtirok etdilar.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube