Jinoyat, fuqarolik va maʻmuriy sud ishlari boʻyicha namunaviy sud protsessi” tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

⚖️ O’zbekiston Respublikasining Adliya vazirining 2023-yil 8-avgustdagi «O’zbekiston  Respublikasi  Adliya vazirligi ta’lim muassasalarida fan olimpiyadalari va tanlovlarni o’tkazishi to’g’risidagi» 205-um son-buyrug’ini ijrosini ta’minlash maqsadida  Farg’ona viloyati yuridik texnikumida  “Jinoyat, fuqarolik va maʻmuriy sud ishlari boʻyicha namunaviy sud protsessi” tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

🔹 Tanlovda Fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudining raisi U.Oripov, Fargʻona viloyati maʻmuriy sudining sudyasi I.Matmusayev, Farg’ona viloyat adliya boshqarmasi huquqiy axborot bo’limi boshligʻi Y. Zulfiqorovlar hakamlar hay’ati a’zosi sifatida ishtirok etdilar.

🔹 Eslatib o‘tamiz tanlovda jami sakkizta jamoalar faol ishtirok etib, hakamlar hay’ati xulosalariga ko‘ra golib jamoa mintaqaviy bosqichda ishtirok etish uchun  yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: