Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan 2024-yilning yanvar-fevral oylari davomida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Farg‘ona viloyat yuridik texnikumining kalendar rejasining 24-bandida belgilangan yoshlar uchun “Voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik, uning salbiy oqibatlari va jinoyatning oldini olish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu seminarda Farg‘ona viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi Farg‘ona shahar voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixolog kapitan M.Muratova ishtirok etdi. Seminarda yuridik texnikumi o‘quvchilari voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar uchun javobgarlik, tayinlanadigan jazo choralari, voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlashning o‘ziga xos xususiyatlar bilan bog‘liq masalalarda maʼruzalar qilishdi,
Kapitan M.Muratova bugungi kunda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarni keltirib chiqarayotgan sabab va sharoitlar, ularning oldini olish bilan bog‘liq amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar haqida so‘zlab berdi.
Tadbir ko‘tarinki ruhda, qiziqarli savol-javoblar bilan o‘tkazildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube