Joriy yilning 29-mart kuni Farg‘ona viloyat sudida “Ochik eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbir doirasida, Fargona viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilari ham qatnashdilar.
Tadbir davomida, yoshlarga viloyat sudining kun tartibi va innovatsion ish yurituvi, fuqorolarga yaratilgan qulayliklar, ularni qabul qilish uchun shart-sharoitlar, kelib tushgan ishlarni apellyatsiya, kassatsiya va taftish tarzida ko‘rib chiqish tartibi, sudda tashkil etilgan o‘ziga xos mo‘jaz muzey, sud protsessi olib boriladigan amaliyot xonalari hamda tashkiliy bo‘limlar bilan tanishtirildi.
Viloyat sudining sudyalari, tadbirga tashrif buyurgan texnikum o‘quvchilari va mehmonlarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berishdi. Xalqaro miqyosdagi sud huquq sohasida O‘zbekiston Respublikasi erishgan yutuqlar va yangiliklar haqida tushunchalar berishdi.
O‘quvchilarda ushbu tadbir yaxshi taassurot qoldirdi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube