Fargʻona IIB Ekspert-kriminalistik markaziga tashrif.

🏛 Joriy yilning 1-aprel kuni texnikumning 2-bosqich “Sud-huquqiy faoliyat” 25-22 guruhi oʻquvchilari «Kriminalistika» fanidan amaliy mashgʻulot boʻyicha Fargʻona IIB Ekspert-kriminalistik markaziga tashrif buyurishdi.

🔹Tashrif davomida oʻquvchilarga EKM bosh mutaxassisi, militsiya podpolkovnigi N.Abdunazarov tomonidan EKM xonalaridagi ekspertiza oʻtkazish uchun moʻljallangan kriminalistik texnikalar, asbob-uskunalar, daktiloskopik, trasologik, xatshunoslik sud-kimyoviy va ballistik ekspertizalarni oʻtkazish jarayonlari nazariy va amaliy jixatdan atroflicha tushuntirib oʻtildi.

🔹Shuningdek, oʻquvchilarga dastlabki tergov va surishtiruv olib borish jarayonida qo’llaniladigan “dron” uchish uskunasi va uning turlari, shaxsni tanib olish boʻyicha tezkor-qidiruv usullari, sovuq va oʻq otar qurollarning oʻziga xos xususiyatlari ham batafsil tushuntirib berildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: