Farg’ona viloyati yuridik texnikumida an’anaviy dars mashg’ulotlari boshlandi

Joriy yilning 11 yanvar` kunidan boshlab Farg’ona viloyati yuridik texnikumida pandemiya qoidalariga amal qilgan holda an’anaviy dars mashg’ulotlarini boshlanishi munosabati bilan ertalabki saflanish bo’lib o’tdi. Saflanishda 2020-2021 o’quv yilida texnikumning 1-bosqichiga qabul qilingan o’quvchilarning ota-onalari ham ishtirok etdilar. Tadbir so’ngida texnikum faoliyati va tarixiga oid videorolik namoyish etildi.

Ulashing: