Joriy yilning 27-may kuni Farg’ona viloyat yuridik texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli Farmonining mazmun-mohiyati yuzasidan seminar o’tkazildi.
Xususan, o’tkazilgan o’quv seminarida adliya organlari va muassasalari zimmasiga yuklatilgan vazifalar, ularni mazmun- mohiyati va ahamiyatini amalda ijrosini ta’minlash, taʼlim muassasalarida yoshlarning qonunga itoatkorlik hamda har qanday huquqbuzarlikka murosasizlik ruhida tarbiyalashda amalga oshirilshi lozim bo’lgan ishlar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube