🏛 Texnikumining 1 va 2-bosqich o’quvchilarining o’quv yili mobaynida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, soha bo’yicha ko’nikma va malakaga ega bo’lishlari uchun tanishtiruv hamda malakaviy amaliyotga yuborildilar.
🔸 O’quvchilar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tuzilgan Memorandumlarga muvofiq, viloyatdagi sud hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, adliya boshqarmasi tizimidagi bo’limlar, shuningdek turli tashkilot va idoralarda amaliyot o’tashni boshladilar.
🔹 Ushbu munosabat bilan amaliyot rahbarlari o‘quvchilarning amaliyot o‘tayotgan joylariga tashrif buyurib, nazorat ishlarini olib bormoqdalar.
🔹 Amaliyot jarayonlari bo’lajak huquqshunoslarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga hamda yuridik sohaning sir-asrorlarini o’rganishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube